Tabiiy fanlar

GAUSMANNIT (Mn₃O₄), ALABANDIT (MnS) VA PENTLANDIT ((Fe,Ni)₉S₈) MINERALLARINING ELEKTR VA TERMOELEKTR XOSSALARI

DFT+U, termoelektrik xossalar, Zeebek koeffitsienti, BoltzTrap2, Van der Pau usuli

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda gausmannit (Mn₃O₄), alabandit (MnS) va pentlandit ((Fe,Ni)₉S₈) minerallarining elektr va termoelektr xossalari
zichlik funksionali nazariyasi (DFT+U), Boltzmann transport tenglamasi hamda tajribada Van der Pau usuli yordamida kompleks
tarzda o‘rganildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, gausmannit va alabanditda Zeebek koeffitsienti S(T) harorat oshishi bilan
monoton ravishda kamayadi, σ/τ(T) qiymati esa harorat ortishi bilan sezilarli darajada oshadi. Bu holat ularning p-tip yarim
o‘tkazgich ekanligi bilan izohlanadi. Pentlanditda esa S(T) qiymati Mott formulasi bilan mos ravishda chiziqli tarzda ortib boradi.
σ/τ(T) esa temperatura ortishi bilan kamayib, mineralning metallik xossaga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu metallik xossa tajriba
natijalari bilan ham tasdiqlandi