Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTONDA CHOY O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH TARIXIDAN

choy, Xitoy, Turkiston general-gubernatorligi, choy urug‘lari, choy o‘simligi butalari.

Mualliflar

Ushbu maqolada O‘zbekistonda choy o‘simligini yetishtirish uchun qilingan sa’y-harakatlar arxiv manbalari, ommaviy axborot vositalari hamda manbalar asosida o‘rganilgan. Unda XIX asr oxirida Turkiston general-gubernatorligida choy yetishtirish uchun Xitoydan choy o‘simligi urug‘lari va butalari keltirilganligi va ularni turli hududlardagi tajriba maydonlariga hamda mashhur savdogarlarga bo‘lib berilganligi, ammo bu urinishlar besamara ketganligi yoritilgan. Shuningdek, XX asrning o‘rtalarida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan choyni yetishtirishga urinishlarning ikkinchi bosqichi boshlanib, bunda Toshkent va Samarqand viloyatlarida turli tajribalar olib boriladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda choy yetishtirish bo‘yicha Choyni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilgan bo‘lib, hukumat qarorlari asosida O‘zbekistonni ham choy yetishtiruvchi mamlakatlar qatoriga qo‘shish maqsadida turli loyihalar amalga oshirilmoqda.