Ijtimoiy-gumanitar fanlar

1991–2021-YILLARDA NAMANGAN VILOYATIDA NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARI XUSUSIY MAKTABLAR FAOLIYATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

Xususiy maktab, nodavlat ta’lim muassasasi, Namangan viloyati, ta’lim islohotlari, davlat-xususiy sheriklik, innovatsion ta’lim, repetitorlik faoliyati, abituriyentlar tayyorlash, ta’lim xizmatlari, litsenziyalash, investitsiya, demografik omil.

Mualliflar

Mazkur maqolada 1991–2021-yillar davomida Namangan viloyatida nodavlat ta’lim tizimi xususiy maktablarining shakllanish jarayonlari tarixiy-qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda mustaqillikning ilk yillaridagi iqtisodiy qiyinchiliklar davrida oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rsatuvchi yakkatartibdagi repitetorlik faolyatlari, 2000-yillardagi bu faoliyatga ma’muriy to‘siqlar va 2017-yildan keyingi islohotlar yoritilgan. Ushbu tizimning huquqiy asoslarini takomillashuvi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Maqolada davlat ta’lim tizimidagi monopoliyadan voz kechish, xususiy sektorning ta’limga kirib kelishi, 2017-yildan keyingi islohotlar va Namangan viloyatidagi demografik o‘sishning xususiy maktablarga bo‘lgan talabga ta’siri yoritib berilgan.