Ijtimoiy-gumanitar fanlar

NAMANGANDA 1916-YIL QO‘ZG‘OLONI: TARIXIY TAHLIL VA SABOQLAR

mustamlakachilik siyosati, milliy ozodlik harakati, 1916-yil qo‘zg‘oloni, Namangan qo‘zg‘oloni, Turkiston o‘lkasi, Rossiya imperiyasi, mardikorlik siyosati, majburiy safarbarlik, xalq noroziligi, ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar

Mualliflar

  • Zaxriddinbobir XAYDAROV, Dotsent, tarix fanlari nomzodi, Namangan davlat pedagogika instituti, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada 1916-yilda Turkiston o‘lkasida yuz bergan yirik xalq qo‘zg‘oloni, xususan Namangan uyezdi misolida, kompleks tarixiy tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda qo‘zg‘olonning yuzaga kelish omillari – Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati, iqtisodiy bosim, ijtimoiy tengsizlik hamda mahalliy aholining majburiy mardikorlikka jalb etilishi kabi omillar tizimli ravishda yoritilgan. Shuningdek, qo‘zg‘olonning borishi, uning hududiy ko‘lami, ijtimoiy tarkibi va harakatlantiruvchi kuchlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Maqolada tarixiy manbalar va mavjud ilmiy adabiyotlar asosida voqealarning rivojlanish dinamikasi ochib beriladi hamda qo‘zg‘olonning oqibatlari, uning milliy ozodlik harakatlari tarixidagi o‘rni baholanadi.