Ijtimoiy-gumanitar fanlar

LINGVISTIK EKSPERTIZADA “EKSTREMISTIK MATN” KATEGORIYASI

lingvistika, ekspertiza, ekstremistik matn, jinoyatchining psixologik portreti, sud lingvistikasi, zamonaviy tilshunoslik.

Mualliflar

Ushbu maqolada lingvistik ekspertizada “ekstremistik matn” kategoriyasi haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, maqolada sud
tilshunosligi bilan bog‘liq dolzarb muammolar muhokama qilinadi. Yuridik tilshunoslik keyingi yillarda jadal sur’atlarda
rivojlanayotgan amaliy tilshunoslikning bir sohasi. Lingvistik ekspertiza esa mana shu sohaga kiruvchi asosiy yo‘nalish sanaladi.
Lingvistik ekpertiza sud-ekspertizasining bir tarmog‘i sifatida faoliyat yuritib, turli konfliktli matnlarga izoh berish va sharhlash,
mavhumliklarga oydinlik kiritish funksiyasini bajaradi. Albatta, lingvistik ekspertizaning vazifasini faqat shu bilangina
chegaralab bo‘lmaydi. Jahon olimlari tomonidan lingvistik ekspertizaning tarkibiy qismlari yuridik va tilshunoslik nuqtayi
nazaridan turlicha asoslanadi