Ijtimoiy-gumanitar fanlar

QASHQADARYO VOHASI AHOLISINING TOSHKENT SHAHRIGA ICHKI MIGRATSIYASI: TRANSLOKAL IDENTITET, IJTIMOIY KAPITAL VA MADANIY GIBRIDIZATSIYA

ichki migratsiya, translokal identitet, ijtimoiy kapital, madaniy gibridizatsiya, Qashqadaryo, Toshkent, akkulturatsiya, bonding kapital, bridging kapital

Mualliflar

  • Ravshan ABDUZOHIROV O‘qituvchi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasi aholisining Toshkent shahriga ichki migratsiyasi etnologik va antropologik jihatdan tahlil qilinadi. Dala tadqiqotlari, axborotchilar bilan chuqur suhbatlar va so‘rovnoma natijalari (n=150+) asosida migratsiyaning uchta asosiy ko‘rinishi – translokal identitet shakllanishi, ijtimoiy kapital mexanizmlari va madaniy gibridizatsiya jarayoni – o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida respondentlarning 50,0 foizi o‘zini bir vaqtning o‘zida “Qashqadaryolik va Toshkentlik” deb identifikatsiya qilishi aniqlandi. P. Bourdieu ijtimoiy kapital nazariyasi doirasida bonding va bridging tarmoqlarning integratsiyada tutgan o‘rni empirik asoslandi. Migratsiya ichki muhojirlarning madaniy identitetini yemirmasdan, aksincha uni kengaytirib, ko‘p qatlamli tus berishini ko‘rsatdi.