Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MO‘G‘ULLAR IMPERIYASIDA ALIBEK YALAVOCHNING SIYOSIY VA MA’MURIY ROLI

Alibek Yalavoch, Xubilay xon, Xenan, Sin Yuan shi, Syueydun, Yaqubbek, Safolik

Mualliflar

Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida mo‘g‘ullar xizmatida ko‘plab taniqli davlat arboblari va nufuzli sulolalar vakillari bo‘lgan. Ana shunday arboblardan biri – Yalavochlar avlodining a’zosi, Mahmud Yalavochning o‘g‘li Alibek Yalavoch edi. Ushbu sulolaning mo‘g‘ul xonadoniga qilgan xizmati tarixiy manbalarda aks etganidan ko‘ra ancha murakkab bo‘lgan. Bunga sabab, mo‘g‘ullarga xizmat qilgan Yalavochlar sulolasi tarixining talqini uzoq vaqt davomida turli tarixiy asarlarda bahsli masala bo‘lib kelganidir. Maqola mualliflarining fikriga ko‘ra, mo‘g‘ullarning boshqaruv strategiyasiga oid ayrim jihatlardagi mavhumlikning saqlanib qolayotgani aynan mana shunday muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxslar tarixi bilan bog‘liqdir.