Ijtimoiy-gumanitar fanlar

THE STATE OF AGRICULTURE IN THE KHOREZM PEOPLE'S SOVIET REPUBLIC (1920–1924)

Paxtalik, yer egaligi, dehqonchilik, rubl, tanob, pud, nozirlik, vaqf, urug‘lik, bug‘doy, moddiy yordam, musodara, kanal.

Mualliflar

Mazkur maqolada Xorazmda XX asr boshlarida qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi, dehqonchilik, chorvachilik va yer egaligi bilan bog‘liq munosabatlardagi holat tahlil qilingan. XIX asr oxiri XX asrga kelib birinchi jahon urushi, davlat to‘ntarilishi va sovetlarga qarshi olib borilgan milliy ozodlik harakatlari natijasida vujudga kelgan siyosiy vaziyat Xorazm vohasidagi siyosiyo-ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Monarxiyaning qulashi natijasida vujudga kelgan boshboshdoqlik natijasida sun’iy sug‘orish inshootlarini ishdan chiqishi, ekin yerlarining keskin qisqarishi va dehqonchilik sohalaridagi chuqur inqirozli holat vujudga kelgan. XXSR hukumatini ushbu sohalarda mavjud muammoni hal qilish uchun olib borgan agrar siyosatining mohiyati tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan.