Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY TADBIRKORLIK VA INKLYUZIV RIVOJLANISH SIYOSATINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

ijtimoiy tadbirkorlik, inklyuziv rivojlanish, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy innovatsiyalar, ijtimoiy kapital, ijtimoiy himoya, barqaror rivojlanish, ijtimoiy siyosat

Mualliflar

  • Asadullo ABDURAXMONOV Mustaqil tadqiqotchi, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlik va inklyuziv rivojlanish siyosatining zamonaviy tendensiyalari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtimoiy tadbirkorlikning inklyuziv iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashdagi imkoniyatlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan inklyuziv rivojlanish siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, ijtimoiy innovatsiyalar va ijtimoiy kapitalning mazkur jarayonlardagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari asosida ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish va inklyuziv rivojlanish siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan