Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MARKAZIY OSIYO ROSSIYA, XITOY VA QO‘SHMA SHTATLAR O‘RTASIDA: HAMKORLIKMI YOKI RAQOBATMI?

Markaziy Osiyo, geosiyosat, xalqaro munosabatlar, Rossiya, Xitoy, AQSh, geoiqtisodiyot, mintaqaviy xavfsizlik, tashqi siyosat, ko‘p vektorli siyosat, suverenitet, global aktorlar, mintaqaviy hamkorlik, energetik resurslar, Afg‘oniston, transport va infratuzilma

Mualliflar

  • Dilfuza ISLOMOVA Tayanch doktorant, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston, Toshkent, Uzbekistan

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasining jahon siyosatidagi o‘rni va ahamiyati geosiyosiy, geoiqtisodiy hamda xavfsizlik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Mintaqaning strategik joylashuvi, boy tabiiy resurslari va transport-kommunikatsiya imkoniyatlari uni yirik global kuchlar – Rossiya, Xitoy va AQSh manfaatlari kesishadigan hududga aylantirgan. Tadqiqotda ushbu davlatlarning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosati, ularning iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishtiroki o‘zaro solishtirilib, mintaqadagi ta’sir mexanizmlari ochib beriladi.