Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ABDULLOH IBN MUQAFFA AXLOQIY-FALSAFIY QARASHLARI SHAKLLANISHIDA ILMIY-MADANIY MUHIT TA’SIRI

Islom falsafasi, fors, yunon, hind sivilizatsiyasi, Abdulloh ibn Muqaffa, axloq, falsafa, siyosat, siyosatnoma, nasihatnoma, umaviylar, abbosiylar, arab xalifaligi.

Mualliflar

  • Sarvar SAIDOV, Doktorant, Termiz davlat universiteti, Termiz, O‘zbekiston, Uzbekistan

Musulmon falsafasining zabardast vakillaridan biri hisoblangan Abdulloh ibn Muqaffa VIII asrda yashagan, islom siyosat falsafasi shakllanishiga katta hissa qo‘shgan allomalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada alloma axloqiy-falsafiy qarashlarining genezisi, dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir qilgan omillar, boshqa xalqlar madaniyatining Islom tamadduni rivojidagi roli misollar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, alloma mansub bo‘lgan fors sivilizatsiyasi ilmiy-falsafiy yutuqlarining islom falsafasi bilan dialektik aloqadorligi tahlil qilingan