Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SIYOSIY PARTIYALARNING JAMOATCHILIK BILAN ALOQALARINING ZAMONAVIY TRANSFORMATSIYASI: XALQARO TAJRIBA VA INNOVASION KOMMUNIKATSIYA USULLARI

Siyosiy kommunikatsiya, PR texnologiyalari, raqamli transformatsiya, siyosiy partiyalar, jamoatchilik fikri, Big Data, sun’iy intellekt, elektorat, media strategiya, interaktiv kommunikatsiya.

Mualliflar

  • Dilrabo SAYDULLAYEVA Ilmiy tadqiqotchi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston, Toshkent, Uzbekistan

Ushbu ilmiy tezisda siyosiy partiyalarning jamoatchilik bilan aloqalar tizimi globallashuv va raqamlashuv sharoitida qanday transformatsiyaga uchrayotgani tahlil qilinadi. Tadqiqotda AQSH, Yevropa va Osiyo davlatlari misolida siyosiy kommunikatsiyaning zamonaviy modellari, raqamli PR texnologiyalari hamda ijtimoiy tarmoqlarning siyosiy jarayonlarga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, an’anaviy PR yondashuvlardan interaktiv va ma’lumotlarga asoslangan (data-driven) kommunikatsiya modellariga o‘tish jarayoni yoritiladi. Maqolada siyosiy partiyalar uchun jamoatchilik bilan ishlashning yangi strategik yo‘nalishlari, jumladan Big Data, sun’iy intellekt va raqamli platformalar imkoniyatlari tahlil qilinadi.