Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DEMOKRATIK JAMIYAT RIVOJIDA TINCHLIK VA BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING IJTIMOIY-FALSAFIY JIHATLARI

Tinchlik, barqarorlik, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy konsensus, huquq ustuvorligi, fuqarolik birdamligi, ijtimoiy taraqqiyot

Mualliflar

  • Inomjon ERGASHEV Mustaqil tadqiqotchi, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona, O‘zbekiston, Uzbekistan

Quyidagi maqolada demokratik jamiyat taraqqiyotida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tinchlik va barqarorlik tushunchalarining nazariy mazmuni, ularning demokratik institutlar faoliyati bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda fuqarolik jamiyati rivojidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy konsensus, fuqarolik birdamligi, ijtimoiy adolat va huquq ustuvorligi tamoyillarining jamiyatda barqaror taraqqiyotni ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, demokratik transformatsiya jarayonlarining muvaffaqiyati jamiyatda tinchlik madaniyati, o‘zaro ishonch va konstruktiv muloqotning shakllanish darajasiga bevosita bog‘liq ekanligi asoslangan.