Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JADIDLAR MA’NAVIY MEROSINING YANGI O‘ZBEKISTON BARQARORLIGINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

Jadidchilik, ma’rifatparvarlik, ma’naviy meros, Yangi O‘zbekiston, barqarorlik, ta’lim, milliy uyg‘onish, maktab, matbuot, ijtimoiy islohot.

Mualliflar

  • Fazliddin ESANOV, Tayanch doktorant, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada jadidlar ma’naviy-ma’rifiy merosining Yangi O‘zbekiston barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Jadidchilik harakati faqat madaniy-ma’rifiy hodisa emas, balki jamiyatni ilm, maktab, matbuot, milliy o‘zlik, axloqiy tarbiya va ijtimoiy mas’uliyat orqali yangilashga qaratilgan keng ko‘lamli taraqqiyparvarlik harakati sifatida baholanadi. Maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqa jadid namoyandalarining ta’lim, axloq, til, milliy uyg‘onish va jamiyat islohoti haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, jadidlar merosi bugungi kunda yosh avlodni bilimli, vatanparvar, mas’uliyatli va ijtimoiy faol shaxs sifatida tarbiyalashda muhim nazariy va amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.