Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OʻZBEK TILIDAGI IMLO XATOLARINING LINGVISTIK TAHLILI (FONETIK, MORFOLOGIK, KLAVIATURA XATOLARI VA BOSHQALAR)

Oʻzbek tili, imlo xatolari, lingvistik tahlil, fonetik xato, morfologik xato, klaviatura xatosi, transliteratsiya, avtomatik tuzatish, tabiiy tilni qayta ishlash.

Mualliflar

  • Sevinch KENJAYEVA Magistrant, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston, Uzbekistan

Maqolada oʻzbek tilidagi imlo xatolari kelib chiqish manbalariga koʻra lingvistik tahlil qilinadi: fonetik, morfologik, grafik (klaviatura), orfografik, leksik-semantik hamda lotin-kirill konvertatsiyasi bilan bogʻliq xatolar koʻrib chiqiladi. Har bir guruh uchun xarakterli misollar, kelib chiqish sabablari va avtomatik tuzatish algoritmlariga qoʻyiladigan talablar aniqlanadi. Natijalar imlo xatolarini avtomatik tuzatish tizimlarini ishlab chiqish uchun nazariy asos boʻlib xizmat qiladi.