Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BADIIY MATNDA SHAKL VA MAZMUN MUNOSABATI

badiiy matn, shakl, mazmun, estetik birlik, mumtoz poetika, adabiyotshunoslik, ilmiy matn, badiiy uslub

Mualliflar

Maqolada adabiyotshunoslikning eng qadimiy va hanuzgacha munozarali muammolaridan biri boʻlgan badiiy matnda shakl va mazmun munosabati masalasi tahlil qilinadi. Sharq mumtoz poetikasi, shuningdek, rus va Gʻarb adabiyotshunosligi qarashlariga tayangan holda shakl va mazmun birligi faqat XX asr Gʻarb estetikasining mahsuli emas, balki musulmon Sharqi falsafiy anʼanalaridan ildiz olgani asoslanadi. Maqolada badiiy va ilmiy matn maqsad, til vositalari hamda mantiqiy tuzilishi jihatidan qiyoslanib, shaklning badiiy matn mazmunini ifodalash va oʻquvchi tomonidan idrok etilishidagi vazifasi koʻrsatiladi. Xulosa qilinadiki, shakl va mazmun uygʻunligi badiiy asarning ontologik va estetik qiymatini belgilaydi, shu boisdan ular ikki alohida kategoriya emas, balki yaxlit tahlil obyekti sifatida oʻrganilishi lozim.