KREATIVLIK VA IQTIDOR PSIXOLOGIYASINING ILMIY-NAZARIY JIHATLARI

Kreativlik, postmodernizm, intellektual, Geshtalt fenomenologik, konsepsiya, kognitiv.

Mualliflar

  • Gulnoza RASHIDOVA, Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Oila psixologiya” kafedra dotsenti v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doctori PhD , Uzbekistan

##submission.downloads##

Bugungi kunda barchamiz doimiy o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy sharoitda yashamoqdamiz. Globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan, axborot oqimi ortib borayotgan bir davrda har bir shaxsdan uzluksiz rivojlanish hamda moslashuv talab etilib, u yangi sharoitlarga moslashishga yordam beradigan shaxsiy kompetentsiyaga ega bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda shunday muhim kompetentsiyalardan biri - kreativ tafakkur, yuqori ijodiy faollik va kreativ xulq-atvordir. Mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda tanqidiy fikrlashi va o‘z faoliyatiga munosabatlarini o‘zgartirish masalasi o‘ta muhimdir. Chunki bu masala bevosita inson ruhiyatiga, ongiga, tafakkuriga ta’sir etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.