Tabiiy fanlar

SCHOENOPLECTUS LACUSTRIS SUBSP. HIPPOLYTI O‘SIMLIGINING YER USTKI QISMLARIDA SUVDA ERUVCHAN VITAMINLARNING SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI TAHLILI

Schoenoplectus lacustris subsp. hippolyti, suvda eruvchan vitaminlar, YuSSX, askorbin kislota, B guruhi vitaminlari, gidrofit o‘simlik, organ-spetsifik to‘planish.

Mualliflar

Mazkur maqolada Schoenoplectus lacustris subsp. hippolyti o‘simligining yer ustki vegetativ (poya) va generativ (gul–urug‘) organlarida suvda eruvchan vitaminlarning sifat va miqdoriy tarkibi HPLC-DAD usulida aniqlandi. Namuna Toshkent viloyati, Chirchiq hududidan yig‘ilib, 40% etanol ekstraksiyasi asosida tayyorlandi (n = 3). Natijalar poyada B2, B3, B6, B9 va C vitaminlari mavjudligini (12,12 mg/g), B2 (67,78%) dominantligini, generativ organlarda esa B1, B2, B3, B6, B9 va C vitaminlari yuqori miqdorda (54,83 mg/g) to‘planishini ko‘rsatdi; bunda C (44,66%) va B6 ustunlik qildi. B12 vitamini aniqlanmadi. Taqqosiy tahlil generativ organlarda vitaminlar miqdori vegetativ qismga nisbatan ~4,5 baravar yuqori ekanligini tasdiqladi. Olingan natijalar ushbu gidrofit o‘simlikda organ-spetsifik metabolizm mavjudligini ko‘rsatib, uni biologik faol moddalarga boy istiqbolli xomashyo sifatida baholash imkonini beradi.