Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ALLOMALAR FAOLIYATIDA AXLOQ VA TARBIYA

tarbiya, tafakkur, millat, ahloqiy-estetik madaniyat, milliy qahramonlar, buyuk allomalar, tarbiyaviy voqealar

Mualliflar

  • Jannat ISMAILOVA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor, Uzbekistan

Ma’lumki, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o‘z-o‘zidan, bo‘sh joyda shakllanib
qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo‘ladi. Masalan, Sharq
olamida, jumladan, o‘zimizning O‘rta Osiyoda tarbiya va tafakkur tarziga nazar tashlaydigan bo‘lsak, boshqalarga hech
o‘xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida
namoyon bo‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Ushbu maqola negizida aynan allomalar faoliyatida ahloq va
tarbiya munosabatlarining tahliliy jarayonlari o‘rganilgan