Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MUSTAQILLIK DAVRIDA QOZOG‘ISTON MUSULMONLARI IDORASI FAOLIYATI TARIXI

Qozog‘iston musulmonlari idorasi, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi, Ratbek Nisanbayev, Abdusattor Derbisali, Erjan Mayamerov, Serikboy Oraz, Navro‘zbay Otpenov, Nur-Muborak universiteti.

Mualliflar

  • Bekjon QURBONOV, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti O‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi, Uzbekistan

Qozog‘iston musulmonlari idorasi dastlab, bosh qarorgohi Toshkent shahrida joylashgan 1943-yilda tashkil etilgan O‘rta Osiyo
va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi (SADUM) tarkibidagi hududiy muftiyat (vakolatxona) bo‘lib, Qozog‘iston
muftiyati deb nomlangan. Ushbu diniy boshqarma tarkibidan birinchi bo‘lib 1990-yilda Qozog‘iston ajralib chiqib, Qozog‘iston
musulmonlari idorasi tashkil topgan. U mamlakatdagi nufuzi yuksak, nodavlat notijorat tashkilotdir. Mustaqillik yillarida diniy
idorani navbatma-navbat 5 nafat muftiy idora etib, xalq va jamiyatga xizmat etdi.