Tabiiy fanlar

COLCHICUM AUTUMNALE L. (COLCHICACEAE) NI INTRODUKSIYA SHAROITIDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

kuz savrinjoni, tuganak piyozning hajmi, optimal ekish chuqurligi, yetishtirish texnologiyasi.

Mualliflar

Ushbu maqolada kuz savrinjonining yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tuganak
piyozlarning hajmi bo‘yicha uch xil variantga ajratildi: А1) 2,5-3,5 sm; А2) 3,6-4,6 sm; А3) 4,7-5,7 sm diametrli. Har bir
kattalikdagi tuganak piyozlar uch xil variantdagi chuqurliklarda ekildi: B1) 9 sm, B2) 12 sm va B3) 15 sm. Shu bilan birga
yetishtirish muddati bo‘yicha ham uch xil variant qo‘yildi. C1) yetishtirish muddati bir yil; C2) yetishtirish muddati ikki yil; C3)
yetishtirish muddati uch yil. Jami 27 variantdagi tuganak piyozlarni uch yil mobaynida kovlab, hosildorlik ko‘rsatkichlari
aniqlandi. А1 variantdagi tuganak piyozlar uchun optimal ekish chuqurligi 9 sm bo‘lib, ushbu chuqurlikda ekilgan o‘simliklarda
2-yili hosildorlikning ortishi va uchinchi yilda yana susayishi kuzatildi, yaʼni mos ravishda 7965 kg/ga va 5975 kg/ga ni tashkil
etdi. O‘simlikni bir yerda uzoq muddat yetishtirishda ko‘pi bilan ikki yil yetishtirilsa, uning ko‘payish koeffitsenti yuqori bo‘ladi.
А2 variantdagi tuganak piyozlar uchun optimal ekish chuqurligi 12 sm bo‘lib, tuganak piyozlarni yetishtirishda 3-yili natijalar
biroz yuqori bo‘lgan.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##