Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ABDUQAYUM YO‘LDOSH HIKOYALARINING SYUJET XUSUSIYATLARI

Hikoya janri, badiiy syujet, voqealar rivoji, tugun, kulminatsiya, badiiy syujet turlari, retrospektiv syujet, hikoya qismlari, badiiy psixologizm, badiiy detal

Mualliflar

Maqolada Abduqayum Yo‘ldoshning hikoyalari haqida so‘z yuritilgan. Yozuvchi hikoyalarining syujet qurilishi, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim kabi poetik komponentlarning janrga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Hikoya janriga xos xronologik, retrospektiv va assotsiativ syujet turlarining yozuvchi ijodidagi poetik talqiniga e’tibor qaratilgan. Yozuvchi hikoyalarining qismlarga ajratilishi, psixologik tasvirning yetakchiligi va voqeadan voqeaga o‘tish usullari xususida atroflicha fikr yuritilgan.