Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TARIXIY O‘ZAK XUSUSIDA (“Tavorixi guzida – Nusratnoma” asaridagi ba’zi so‘zlar misolida)

o‘zak, so‘zshakl, so‘z yasalishi, struktura, shakl va mazmun, so‘z ma’nosi, qo‘shimcha, grammatik shakl, leksema, so‘z, asos, yasama so‘z, negiz.

Mualliflar

  • Surayyo GAFUROVA Farg‘ona davlat universiteti tilshunoslik kafedrasi doktoranti , Uzbekistan

Jahon tilshunosligida har bir milliy tilning mumtoz namunalari bo‘lgan qadimgi yozma yodgorliklar tilini ilmiy asosda o‘rganish, ularning mazmunini bugungi avlodlarga aslidagidek yetkazish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Har qanday til hodisasini tarixiy jihatdan o‘rganish, birlamchi manbalarga asoslanish, til taraqqiyotining turli davrlarida yaratilgan yozma yodgorliklar tilini qiyoslash asosida ular orasidagi umumiy va farqli xususiyatlarni aniqlash dunyo tilshunosligidagi muhim vazifalardan biri sanaladi. Ushbu maqolada ham tarixiy o‘zak va uning o‘ziga xos belgilariga alohida to‘xtab o‘tilgan bo‘lib, turkiy so‘zning struktur tarkibi tahlil etiladi.