Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK TILI TUPROQSHUNOSLIK TERMINOLOGIYASINI O‘RGANILISHI HAQIDA

o‘zbek, til, tuproq, tuproqshunoslik, termin, terminologiya, lingvistika, o‘rganish, o‘simlik, tabiiy jism, unumdorlik.

Mualliflar

Maqolada o‘zbek tili tuproqshunoslik terminologiyasining lingvistik xususiyatlarini o‘rganishga doir fikr-mulohazalar bayon etilgan. O‘zbek tilshunosligida hanuzgacha o‘zbek tili tuproqshunoslik terminologiyasining o‘rganilmaganligi, uni o‘rganishning zarurati va dolzarbligi alohida qayd etilgan va ushbu mavzuni lingvistik xususiyatlarini tadqiq etish kun tartibidagi masalalardan biri ekanligi asoslangan. Mazkur ishda o‘zbek tili tuproqshunoslikka oid terminlarning genetik asoslari, shakllanishi va taraqqiyoti, undagi muammolar, yozma klassik manbalardagi izohlari, tuproqshunoslik terminlarining struktur-grammatik, leksik-semantik xususiyatlari va turkiy lug‘atlarda izohlanishi, ulardagi sinonimiya, omonimiya va variantlilik hosil bo‘lishining kognitiv asoslari, yasalish usullari, perifraza, o‘xshatish va metaforik ma’nolarni hosil qilishdagi o‘rni va lingvopoetik xususiyatlari, tarixiy-etimologik qatlamlarini o‘rganish zarurligi haqida so‘z yuritilgan