Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“SAB’AI SAYYOR” DOSTONDAGI ARAB SO‘ZLARINING POETIK TIL SIFATIDAGI O‘RNI

leksik-semantik, poetika, arabizm, talqin, ohangdosh misralar.

Mualliflar

Ushbu maqolada “Sab’ai sayyor” dostoni va undagi arabcha so‘zlarning poetik til sifatidagi o‘rni, arab so‘zlarining baytlarda, misralarda foydalanilishi, o‘zgacha ma’no berishi leksik-semantik jihatidan talqin qilish ularning mazmun va shakl berishini izchil o‘rganish filologiya sohasida muhim ilmiy ahamiyat kasb etgani haqida hikoya qiladi. Chunki Alisher Navoiy ijodidagi arabizmlarni leksik-semantik jihatdan o‘rganish XV asr oxirlarida o‘zbek adabiy tilning leksik tarkibi, boshqa xos jihatlarini yoritib berish imkonini beradi. Bunda poeziyaning turli xil yo‘nalishlari, badiiy mavqe’i, boshqa turk, fors so‘zlari bilan birga kelgandagi mazmuni ularni o‘zaro munosabati va vazifalari muhimligi haqida ma’lumotlar berilgan.