INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA “MA’NAVIYAT” SEMANTIK MAYDONI BIRLIKLARINING FREYM TAHLILI

semantik maydon, freym, metafora, kognitiv xarita, ma’naviyat, grammatik struktura, leksik konsept.

Mualliflar

  • Mehrinigor AXMEDOVA Buxoro davlat universiteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi, Dotsenti, fil.f.f.d. (PhD), Uzbekistan

##submission.downloads##

“Ma’naviyat” semantik maydonining qiyoslanayotgan tillarda o’zaro farqli jihatlarini aniqlash uchun uning lingvokognitiv xususiyatlarini ham tahlil qilish zarur. Bilamizki, kognitiv lingvistikada bu fanni to’liq tushunish uchun metodlar mavjud. Bular:

1) freym tahlili;

2) kognitiv metafora;

3) kognitiv xarita.

Biz har qanday semantik maydon  doirasida birlashgan birliklarni tahlil qilar ekanmiz, uning freymini yaratishimiz zarur. Freym inson ongida tajribalaridan orttirgan bilimlar ko’lami va insonning axborotni shu ko’ma doirasida qabul qilishi, idrok etishi va  tatbiq etishi jarayonidir. Inson ma’lum bir hodisalarni anglashda o‘z tajriba va bilimlarini, ya’ni xotirasidagi freymlarni qo‘llaydi.