Ijtimoiy-gumanitar fanlar

PROFESSOR VLADIMIR GREGOREVICH GAKNING GRAMMATIK ME’ROSI

assimetriya, semantika, lingvistika, sintaksis, leksikologiya. Imlo, leksikologiya

Mualliflar

  • Nasiba RUZIEVA Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘qg‘on filiali o‘qituvchisi , Uzbekistan

Professor V.G.Gak (1924-2004) grammatik merosining xususiyatlarini o‘rganish biz uchun juda dolzarb vazifadir. Bu olimning tilshunoslik, fan va frantsuz tilini tahlil qilish usullarini rivojlantirishdagi roli beqiyos, u taniqli sovet va rus tilshunosi edi. V.G. Gak tilshunoslikning umumiy muammolari: tildagi assimetriya, tilning voqelikka munosabati, semantik sintaksis, tilning timsoliy tabiatining rivojlanishiga hissa qoʻshdi.U frantsuz tilida grammatika, semantika, leksikologiya, imlo va leksikografiyaga oid nazariy asarlar muallifi boʻldi. Uning “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (frantsuzcha)” darsligi dunyoga mashhur bo‘lib, uning muharrirligida fransuz tilining ko‘plab o‘quv qo‘llanmalari va lug‘atlari nashr etilgan.