Tabiiy fanlar

POTEXVIRUS AVLODIGA MANSUB BA’ZI VIRUSLARNING O‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARIGA TA’SIRI

Potexvirus, Alstromeriya sp, D.stramonium, D.tatula, Pl. lanseolata, fotosintez, xlorofill-a, xlorofill-b, pigment, fitovirus.

Mualliflar

Ushbu maqolada hozirgi kunda tobora avj olib borayotgan o‘simliklarning virusli kasalliklari tufayli ulardagi fiziologik
o‘zgarishlar aks etgan. Pigmentlar fotosintez mexanizmining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, o‘simliklarning muhim fiziologik
jarayoni sanaladi. Olib borgan tadqiqotimizdan shu ma’lum bo‘ldiki fitoviruslar ta’siri natijasida o‘simliklarda pigment miqdori
keskin pasayishi va bu ko‘rsatgich barcha o‘simliklar uchun turli ekanligi aniqlandi. Kasallangan o‘simlik barglaridagi xlorofill
“a”ning nisbati sog‘lom barglardagiga qaraganda quyidagicha: Plantago lanseolata o‘simligida 1:1,62, Trifolium repens 1:2,24,
Alstroemeria white 1:2,75, D.stramonium 1:1,21, D.tatula 1:1,25 natijani ko‘rsatgan bo‘lsa, xlorofill “b” esa Plantago lanseolata
1:1,73, Trifolium repens 1:1,66, Alstroemeria white 1:1,48, D.stramonium 1:1,33, D.tatula 1:1,13 nisbatda o‘zgarganligini
ko‘rishimiz mumkin.