Ijtimoiy-gumanitar fanlar

GULCHILIK LEKSIKASIDA QO‘SHMA SO‘ZLARNING STRUKTUR-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

inson, tabiat, gul, gulchilik, gulchilik leksikasi, leksika, izohli lug‘at, struktur-grammatik, tub so‘z, qo‘shma so‘z.

Mualliflar

Qadimiyatning dalolaticha, inson tabiatning o‘simliklar olamiga, xususan, gul o‘stirish va gulchilik sohasiga juda qiziqqan va uning go‘zalligidan bahramand bo‘lib kelgan. Inson va tabiat bir-biri bilan uzviy chambarchas bog‘liq bo‘lib, insoniyatning tabiatga, gullarga bo‘lgan intilishi, qiziqishi ajdodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan Hayotiy jarayondir. Mana shu jarayonda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan gul va gulchilik bilan bog‘liq nomlarni har tomonlama lisoniy xususiyatlarini o‘rganish dolzarblik kasb etadi. Maqolada gulchilik leksikasida qo‘shma so‘zlarning struktur-grammatik xususiyatlari aniq misollar asosida o‘rganilgan