Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IJTIMOIY TARMOQLARDA FEYKLARNI BARTARAF ETISH MUAMMOSI

Mediasavodxonlik, axborot xavfsizligi, ijtimoiy yangiliklar

Mualliflar

  • Maftuna MAHMUDOVA, O‘zDJTU “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” kafedrasi o‘qituvchisi, Uzbekistan

Insoniyat tarixida jurnalistika paydo bo‘lgach, ommaviy axborot vositalarining bir qator turlari, dastlab matbuot, so‘ng radio va televideniye shakllangani barchamizga ma'lum. Taraqqiyotning eng so‘nggi bosqichida internet ham jurnalistikaga kirib keldi. Internet tizimining dunyo auditoriyasini jalb qilishi uchun to‘rt yil kifoya qildi. Endi odamlar biror voqea sodir bo‘lsa, ushbu xabarni ijtimoiy tarmoqlar orqali an’anaviy OAVda e’lon qilinmasidan oldin xabardor bo‘lishga ulgurmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, o‘z navbatida, turli sohalarni virtual olamga ko‘chishiga olib keldi. Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda feyk va dezinformatsiyaga oid ma’lumotlarning tarqalishini oldini olish xususida so‘z boradi.