Ijtimoiy-gumanitar fanlar

AFG‘ON-AMERIKA ADIBALARI SAIMA VAHAB VA NILUFAR PAZIRA IJODIDA PATRIARXAL USTUNLIK VA UNING TASVIRIY IFODASI

Afg‘on-amerika adabiyoti, oilaviy qadriyat, patriarxal ustunlik, ta’lim, tarbiya, avtobiografik metod

Mualliflar

Tadqiqotimiz obyekti bo’lgan afg’on-amerika adibalaridan Saima Vahabning “In My Father’s Country. An Afghan Woman Defies Her Fate” (“Ota yurtimda. Afg’on ayolining taqdirga qarshi kurashlari”) va Nilufar Paziraning “A Bed of Red Flowers:in Search of My Afghanistan” (“Qizil Gullar Oshyoni: Afg’onistonimni Izlab”)asarlarida qadriyatlar insoniy, milliy, oilaviy rakurslarda talqin etilib, ularda afg’on millatining o’ziga xos sifatlari, fazilatlari, donishmandligi, milliy g’urur orqali o’z aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, millatning madaniyati, imon-e‘tiqodi, milliy urf-odatlari, mehr-oqibati, milliy tarbiyaning barcha qirralari o’ziga xos qadriyatlarida namoyon bo’lgan.