Tabiiy fanlar

URUG‘ MEVALI BOG‘LARIDA ODDIY O‘RGIMCHAKKANAGA (TETRANYCHUS URTICAE KOCH) QARSHI YANGI MIKROBIOLOGIK PREPARATNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI

mikrobiologik preparatlar, biologik samaradorlik, Bioslip BV, Bioslip BТ o‘rgimchakkanа, ta’sir, urug‘ mevali bog‘

Mualliflar

Maqolada mikrobiologik preparatlar Bioslip BV (Beauveria bassiana) 3,0 l/ga sa’rf meyorida urug‘mevali bog‘larda uchrab zarar
keltiradigan o‘rgimchakkanlarga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi mikrobiologik preparat ekanligi aniqlangan. Mikrobiologik
preparatlarning ta’sirini uchinchi-yettinchi va o‘n to‘rtinchi-yegirma birinchi kunda eng yuqori biologik samaradorlikga erishish
mumkin. Tajriba uchun olingan Bioslip BV (Beauveria bassiana) 3,0 l/ga preparati hamda Bioslip BT (Bacillus thuringiensis)
kuk. (1 g dagi toksin kristallari) (1,0 l/ga) preparatlari qo‘llanilgan 3-kundan boshlab tahlil qilindi. Olib borilgan tadqiqotlar
natijasiga ko‘ra, Bioslip BV (Beauveria bassiana) 3,0 l/ga preparati qo‘llanilgan variantda biologik samaradorlik preparat
qo‘llanilgandan keyingi 3-kuni 44,2 %, 7-kuni 72,3 %, 14-kuni 73,9 %, 21-kuni esa 60,2 %ni tashkil etgan. Bioslip BT
mikrobiologik preparat esa (Bacillus thuringiensis) kuk. (1 g dagi toksin kristallari) (1,0 l/ga) ishlov berilgan keyingi 3-kuni 86,7
%, 7-kuni 85,8 %, 14-kuni 88,9 %, 21-kuni esa 87,5 %ni tashkil etgan.