Tabiiy fanlar

QADIMGI TETIS DENGIZINI O‘RTA OSIYO IQLIMIGA TA’SIRI HAQIDA

Tetis, Er, paleotetis, neotetis, kembriy, devon, sillur, ordovik, bo‘r, toshko‘mir, trias, yura, paleogen, neogen,to‘rtlamchi.

Mualliflar

  • G‘ulomjon IS’HAKOV O’simliklarni himoya qilishi lmiy tadqiqot instituti doktorantura bo‘limi boshlig‘i, Uzbekistan

Insoniyat yaratilishida rivojlanishida, Erda hayotning shakillanishida suvning o‘rni beyqiyos hisoblanib, okean, dengiz, daryo va
ko‘llar uning asosini tashkil qiladi. Qadimdan okean, dengiz va daryolarning kelib chiqishi, shakillanishi, ularning yo‘q bo‘lib
ketishi yoki qurishi iqlim hususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ularning shakillanishi eramizdan avvalgi bir necha mln yil oldin
yuz bergan bo‘lib, ayrim davrlarda kengayib borgan, ayrimlarida esa kamayib maydoni berkilib borgan. Bunga asosiy sabab
Erdagi fa’ol tektonik xarakatlar hisoblanadi. Qadimgi davrlardagi bu tektonik xarakatlar bevosita o‘sha davrlardagi iqlim
o‘zgarishlariga ham sabab bo‘lgan. Mana shu o‘zgarishlarni o‘rganish uchun asosan O‘rta Osiyo hududida shakillangan Tetis
dengizini ham o‘rganish kerak bo‘ladi.