Tabiiy fanlar

USTUK MA’DANLI MAYDONINING GEOLOGIK TUZILISHI, URAN VA NOYOB METALLARI MA’DANLASHUVI

Svita, kvarsitlar, antiklinal, tuyamunit, kremniy, struktura, ekzokontakt, leykoksen, anshlif, konsentartsiya, pachka, nanotexnologiya.

Mualliflar

Maqolada Ustuk maydonining uran va boshqa nodir metallar bilan ma’danlashuvi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Dala tadqiqotlarida tog’ jinslari bo’yicha radioaktiv elementlarning taqsimlanishi o’rganilgan. Tadqiqotlar natijasida uranga boy
vannadiy mineralizatsiya hamda kornatit-tuyamunit turkumidagi ikkilamchi minerallardan tarkib topganligi aniqlandi.
Shuningdek uran va nodir yer elementlarining birlamchi minerallari metomorfogen kvarslanish frontida tog’ jinslari uran va nodir
yer elementlari bilan boyish amalga oshgan. Skarnoidlarga kvarslanish bo’yicha qulay muxit (geokimyoviy to’siq)vujudga
kelgan va ma’danli cho’kish amalga oshgan. Birlamchi ma’danlarda uran va nodir yer elementlarining tashuvchilari 91,25%
seriy lantan,praziodim va neodim oksidlaridan iborat qiyidagilar aniqlandi: ittrotitanit, apatit, rutil, leykoksin, ortit, uraninit,
monasit, ksenotim. Xududda temir sulfidlari va gidrooksidlariga ega kvarsli madan nomoyondalari yoritilgan.