Aniq fanlar

Tasodifiy qo‘zg‘alishlarda o‘yiq plastinkaning harakat differensial tenglamasini aniqlash masalasi

o‘yiq plastinka, gisterezis, egilish, eguvchi moment, burovchi moment, differensial tenglama, xususiy tebranish formas

Mualliflar

  • M. U. Xodjabekov Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Samarqand, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • A. A. Otaqulov Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Samarqand, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu ishda tasodifiy qo‘zg‘alishlar ta’siridagi gisterezis tipidagi elastik-dissipativ xarakteristikaga
ega o‘yiq plastinkaning harakat differensial tenglamasini tuzish masalasi o‘rganilgan. Plastinka
materialining dissipativ xossalari Pisarenko-Boginich gipotezasi asosida tavsiflangan. Tadqiqotda
to‘g‘ri to‘rtburchak plastinka va undan ajratilgan to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi o‘yiq qaralgan.
O‘yiqning tomonlari plastinka tomonlariga parallel deb qabul qilingan. Shuningdek, o‘yiqning
plastinka tekisligidagi joylashuvi ixtiyoriy bo‘lishi mumkinligi nazarda tutilgan. Ushbu geometrik
va fizik model asosida plastinkaning harakat tenglamasi shakllantirilgan. Model tasodifiy tashqi
ta?sirlar hamda materialning ichki dissipativ xususiyatlarini hisobga oladi. Olingan tenglama elastik
dissipativ sistemalarning dinamikasini tadqiq etish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.