Tabiiy fanlar

Mn(II) IONINING 2-(DIETILAMINO)ETIL-4-AMINOBENZOAT BILAN KOORDINATSION BIRIKMASI SINTEZI

Novakain, marganest(II) xlorid, ligand, sintez, kompleks birikma, struktura, metall kompleks, rentgen strukturaviy analiz, kristall, element analiz, antimikrob, monokristallar,hirshfeld sirt yuzaviy tahlil.

Mualliflar

Ushbu ishda 2-(dietilamino)etil-4-aminobenzoat (Novakain)ning Mn 2+ ioni bilan kompleks birikmasi sintezi bo‘yicha
ma’lumotlar keltirilgan. Xona sharoitida kompleks birikmaning sinteziga tasir qiluvchi omillar o‘rganildi. Jumladan,
reaksiyaning vaqtga bog‘liqligi, harorati ta’siri, konsentratsiyaga bog‘liqligi amalda tadqiq qilindi. Sintez qilingan kompleks
birikma IQ-Furye-spektroskopiya, element analiz, mass-spektrometrya, TG-DSK va rentgen strukturaviy tahlil usullari
yordamida o‘rganilib, uning kimyoviy tuzilishi aniqlandi va tegishli parametrlari Mercuriy dasturi yordamida o‘rganildi.