Tabiiy fanlar

FERROTSENNING β-DIKARBONIL HOSILALARI ASOSIDA BA’ZI BIR 3D METALLAR BILAN KOMPLEKS BIRIKMALAR SINTEZI VA OPTIK XOSSALARI

monoasetilferrosen, gidrazon, Klyayzenning murakkab efir kondensasiyasi, elektron spektrlar, xromoforlar, ta’qiqlangan soha

Mualliflar

Klyayzen kondensasiyasi orqali β-diketon – 1-ferro-senilbutandion-1,3 olindi. Monokarbon kislota gidrazidlari va
ferrosenoilasetonning o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida ligandlar – gidrazonlar (H 2 L) sintez qilindi. Ishda sintez qilingan barcha
birikmalarning optik xossalari o‘rganildi; yutilish spektrlari ma'lumotlari asosida optik ta’qiqlangan sohaning qiymatlari
aniqlandi; barcha sintez qilingan birikmalar d-π tipidagi xromoforlar bo‘lib, ta'qiqlangan soha kengligi 1,39-2,26 eV ekanligi,
ya’ni tor sohada yarim o‘tkazgich xossaga ega ekanligi aniqlandi.