Tabiiy fanlar

AROMATIK AMINLARNING N-ALKILLANISH MAHSULOTI SINTEZI VA UNI BENZINNING OKTAN SONIGA TA’SIRINI O‘RGANISH

N-alkillanish, metanol, etanol, bug‘ faza, katalizator, oktan soni, MTBE, oksigenat.

Mualliflar

  • Ilhomjon TURG‘UNOV Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot institute tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Fayzulla NURQULOV Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti professori, t.f.d, Uzbekistan
  • Abdulaxat JALILOV Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti professori, k.f.d., akademik, Uzbekistan

Ushbu tadqiqot ishida mahalliy xomashyo hisoblangan bir atomli spirtlar hamda aromatik aminlar asosida N-alkillanish
mahsulotlari sintezi bo‘yicha tajribalar natijalari muhokama qilingan. Bug‘ fazada, davriy sistemadagi qo‘shimcha
guruppachaning 3d-elementlari asosida metall oksidlari, va nitratlari saqlagan geterogen katalizator ishtirokida aromatik
aminlarning gomologlarini sintez qilishning optimal sharoitlari o‘rganilgan. Shuningdek, sintez qilingan moddaning tuzilishi,
strukturaviy formulasi IQ, PMR, YaMR spektraskopiya analiz natijalariga asoslanib tahlil qilingan. Olingan moddani UIT-85
qurilmasida AI-80 benzinning oktan soniga ta’siri o‘rganilganda 1% da 4,9 birlik, 2% da 8,5 birlikka oshirishi ma’lum bo‘ldi.