Tabiiy fanlar

KONDENSIRLANGAN MUHITLARNING TUZILISHINI TADQIQ QILISHDA MOLEKULALARNING TEBRANMA SPEKTRLARIDAGI MOLEKULALARARO TA’SIRLASHUV QONUNIYATLARIGA TEGISHLI AYLANMA – CHAYQALMA HARAKATLARINING NAMOYON BO‘LISHI

spektr, kombinatsion sochilish, brombenzol, molekulalararo ta’sirlashuv, aylanma-chayqalma harakat.

Mualliflar

Ushbu maqolada brombenzol molekulasi uchun keng spektral sohada (0÷3500 sm-1) tebranma va aylanma harakatlaridan hosil
bo‘lgan relaksatsion jarayonlar yorug‘likning kombinatsion sochilish (YOKS) spektrlari yordamida tadqiq qilindi. Eksperimental
va kvant - kimyoviy hisoblashlar asosida brombenzol tarkibidagi vodorod bilan bog‘langan uglerod atomlari H-bog‘lanishlarini
namoyon bo‘lishida asosiy o‘rin egallashi aniqlandi. Quyi chastotalar oralig‘ida intensivligi katta bo‘lgan YOKS spektrlari
kuzatilib, ularning hosil bo‘lish mexanizmlari murakkab strukturaga (tuzilishga) ega bo‘lgan brombenzol molekulasining
aylanma-chayqalma harakatlari bilan bog‘lagan holda tushuntirildi. Bu esa kelajakda quyi chastotalar oralig‘idagi YOKS
spektrining hosil bo‘lishida aylanma-chayqalma tebranishlarni tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi .