Tabiiy fanlar

JANUBI-G‘ARBIY QIZILQUM SHAROITIDA SALSOLA APERTA PAULS. TURI BARGINING STRUKTURAVIY XUSUSIYATLARI

Morfologiya, anatomiya, barg, Salsola aperta, Qizilqum.

Mualliflar

Maqolada Janubi-G‘arbiy Qizilqum sharoitida tarqalgan Salsola aperta turi bargining morfo-anatomik tuzilishini o‘rganish
asosida turga xos bo‘lgan diagnostik belgilar aniqlangan. Barg epidermasida anomatsit va gemiparatsit tipli barg og‘izchalarining
mavjudligi hamda bargning o‘rta qismidan uchki qismigacha oddiy bir hujayrali so‘rg‘ichsimon trixomalarning uchraganligi
haqida ma’lumotlar keltirilgan. Barg mezofillining 2 xil tipi: krans-sentrik (Salsoloid) va krans-ventrodorsal tiplari aniqlangan
hamda Salsola turkumga xos bo‘lgan Salsaloid tipli barg mezofilliligi ulardagi periferik o‘tkazuvchi bog‘lamlar krans hujayraga
qo‘shilib ketganligi bilan izohlangan.