Tabiiy fanlar

TOG‘ VA TOG‘ OLDI MINTAQALARDA KO‘P YILLIK BUG‘DOY KOLLEKSIYA NAMUNALARINI EKISH

Ko‘p yillik bug‘doy, nav, eroziya, degradatsiya, don, qurg‘oqchilik, ildiz, hosildorlik.

Mualliflar

  • Otabek GULBOEV PhD doctoral student, Rainfed Agricultural Research Institute, Uzbekistan

Ko‘p yillik bug‘doy navlari uzoq vaqtlardan beri muammoga aylanib ulgurgan eroziyaga va degradatsiyaga uchragan
tuproqlarning holatini yanada yaxshilash, unumsiz foydalanmasdan kelayotgan yerlardan oqilona foydalanish imkoniyatini
yaratadi. Yumshoq bug‘doy ko‘pgina kasalliklar bilan kasallansa, ko‘p yillik bug‘doy esa kasalliklarga uchramaydi. Ko‘p yillik
bug‘doyni bir marta ekib, bir necha yil (3-5 yil) hosil olish mumkin. Bu esa ishlab chiqarishda juda katta resurs va mablag‘larni
tejab qoladi. 2022-yil 17-oktabrda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tajriba stansiyasiga ko‘p yillik bug‘doyning 34 ta kolleksiya
namunalarining urug‘lari uch qaytariqda bir yuz ikkita delyankaga ekildi. Ko‘p yillik bug‘doy kolleksiya ko‘chatzorining dala
tajriba maydoni 153 m 2 ni tashkil etdi. Birinchi qaytariq variantlarida ko‘p yillik bug‘doy nav va namunalarining ildizlari necha
metrgacha o‘sganligi aniqlanib, qurg‘oqchilikka chidamliligi o‘rganiladi. Bug‘doyni turlararo chatishtirish uchun ota-ona
shakllarining qimmatli belgi va xususiyatlarini o‘zida saqlagan nav va namunalarning serhosil, iqlim sharoitiga moslashgan,
sovuqqa, qurg‘oqchilikka, zang kasalliklariga chidamli bo‘lgan nav va liniyalar tanlab olinadi.