Tabiiy fanlar

O‘ZBEKISTON SHIMOLI-G‘ARBIY QISMIDA TARQALGAN QURUQLIK MOLLYUSKALARINING GELMINT LICHINKASI BILAN ZARARLANISH DARAJASI

Quruqlik mollyuskasi, tur, biotop, gelmint lichinkasi, invaziyalanish darajasi.

Mualliflar

Ushbu maqolada o‘zlashtirilmagan maydonlardagi ajriqzorlarda quruqlik mollyuskalarining 8 turi uchrab, shulardan 6 tasi
(Cochlicopa nitens, Cochlicopa lubrica, Vallonia costata, Pupilla muscorum, Xeropicta candacharica, Deroceras laeve) u yoki
bu gelmint lichinkalari uchun oraliq xo‘jayin vazifasini o‘tashi haqida ma’lumotlar berilgan. Quruqlik mollyuskalarini gelmint
lichinkalari bilan invaziyalanish darajasining yuqori bo‘lishi, biotop xususiyati va uning mikroiqlimidan kelib chiqib,
mollyuskalarning tarqalishi va populyastiyadagi zichligiga bog‘liq bo‘lib, populyastiyada zichligi qancha yuqori bo‘lsa,
mollyuskalarning gelmint lichinkalari bilan invaziyalanish darajasi ham shuncha yuqori bo‘lishi aniqlangan.