Tabiiy fanlar

FARGʻONA VODIYSI SUV HAVZALARIDA QUMBALIQLAR (TELEOSTEI: GOBIONIDAE) OILASI TURLARINING TARQALISHI

Qumbaliqlar, ixtiofauna, chuchuk suv baliqlari, Fargʻona vodiysi.

Mualliflar

Ayni vaqtgacha Fargʻona vodiysi ichki suv havzalarida qumbaliqlarning uch turi qayd etilgan boʻlib, ularning bittasi mahalliy,
qolgan ikkitasi tasodifan kelib qolgan invaziv turlar hisoblanadi. Ushbu maqolada qumbaliqlarning Fargʻona vodiysi suv
havzalari boʻylab tarqalishi haqida soʻz boradi.