Tabiiy fanlar

BULOQLARNING pH VA KORDINATSION KO‘RSATGICHLARI (G‘ALLAOROL, O‘ZBEKISTON)

Buloq suvlari, Gallaorol tumani, kuchsiz ishqoriy, buloqlar koordinatsiyasi, davlat standarti, suvning reaksiyasi (pH).

Mualliflar

O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani yer osti suvlari – buloq suvlaridan namunalar olindi va yig‘ildi.
Buloqlarning mahalliy nomlaridan tashqari ular tartib raqam bilan nomlandi (masalan, No. 22, No. 50) Ularning pH
ko‘rsatgichlari o‘lchandi va baxolandi. G‘allaorol tumanida joylashgan buloqlarning 18 tasidan olingan suv namunalarining
analiz natijalari O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarining xo‘jalik ichimlik suviga gigienik talablar va sifat nazorati,
shuningdek ichimlik suviga gigienik talablar va sifat nazorati kabilar bilan solishtirildi. Buloqlarning aksariyati kuchsiz
ishqoriylikni namoyon etdi. Buloq suvlari pH talablariga mos kelishi aniqlandi. Shuningdek, buloqlarning joylashgan o‘rni
aniqlandi.