Tabiiy fanlar

OHANGARON TUMANI TIPIK BO‘Z TUPROQLAR MINTAQASI SHAROITIDA O‘SIMLIKAR FITOMASSASIGA BOG‘LIQ HOLDA TUPROQDA ORGANIK MODDANING SHAKILLANISHI

Qo‘riq, lalmi, sug‘oriladigan, tipik bo‘z tuproq, o‘simlik formatsiyasi, er usti biomassa, er ostki biomassa, gumus, organik modda.

Mualliflar

  • Maruf TOSHQO‘ZIYEV Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi, b.f.d., professor, Uzbekistan
  • Xaitoli KARIMOV Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan

Izlanishlarda Chirchiq-Angren okrugi tog‘ osti adirliklarda tarqalgan qo‘riq, lalmi va sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda
o‘simlik fitomassasining gumus zaxirasi, gumus hosil bo‘lishida tabiiy va antropogen omillarning ta’siri o‘simliklar
formatsiyasiga bog‘liq holda o‘rganildi. Tadqiqot hududida tuproqlarning o‘zlashtirilishi davomiyligi, geografik joylanishi,
o‘simliklar turi, tuproq yuzasini o‘simliklar bilan qoplanishiga bog‘liq holda tuproqlarda gumus moddasi miqdori, zahirasini
o‘zgarishi qonuniyatlari aniqlandi. Bu ko‘rsatgichlar orqali tuproq eroziyasini oldini olish, uni organik moddaga boyitish,
unumdorligini tiklash, saqlash va oshirishni ilmiy tomonlari ko‘rsatib beriladi, bashorat qilish imkoniyati yaratiladi.