Tabiiy fanlar

JANUBIY OROLBO‘YI SHORLANGAN TUROQLARI HOLATINI YAXSHILASH UCHUN O‘SIMLIKLARNI TANLASH

Orol inqirozi, muhitning sho‘rlanishi, galoakkumulyatsiya, galotolerantlilik, jo‘xori turlari, fitomeliorant- o‘simliklar.

Mualliflar

  • Холида МАТЖАНОВА К.б.н., доцент, зав.лаб. Каракалпакского научно-исследовательского Института естественных наук (ККНИИЕН) Каракалпакского отделения АН РУз (ККО АНРУз), г.Нукус., Uzbekistan
  • Марина ОРЕЛ М.н.с. ККНИИЕН ККО АНРУз, г.Нукус., Uzbekistan
  • Тулкинжон МАТЖАНОВ М.н.с. ККНИИЕН ККО АНРУз, г.Нукус., Uzbekistan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududi eng yirik ekologik ofat – Orol dengizining qurishi zonasida joylashgan. Dengizning
qurigan qismining tuzli changlari, sugʻorishda foydalaniladigan minerallashgan suvlar, yer osti suvlari sathining yuqoriligi
qishloq xoʻjaligi yerlarining keng ko‘lamda shoʻrlanishiga olib keladi. Shuning uchun bunday sho‘rlangan va chuchuk suv
yetishmasligi sharoitida yuqori hosil beradigan, issiqqa va sho‘rga chidamli ekinlarni tanlash ahamiyatli vazifadir. Bunday
tadqiqotlar katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Maqolada sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli jo‘xori (Sorghum) turlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘p yillik ma’lumotlar
keltirilgan bo‘lib, ular nafaqat yem-xashak, oziq-ovqat va texnik o‘simliklar, balki yerni sho‘rsizlantiruvchilar hamdir.