Ijtimoiy-gumanitar fanlar

XALQ RIVOYATLARI ORQALI TALABALARDA MILLIY QADRIYATLARNI VA MADANIYATNI TARG‘IB QILISH METODIKASI

Xalq rivoyatlari, milliy qadriyatlar, madaniyat, tarbiya, pedagogika, o‘quv jarayoni, ta’lim metodikasi, talabalar, yosh avlod, o‘qituvchilarning metodik yondashuvi, ma’naviyat, o‘zlikni anglash, etik tarbiya, o‘zbek xalq adabiyoti, interaktiv ta’lim.

Mualliflar

Ushbu maqolada o‘zbek xalq rivoyatlarining ta’lim tizimidagi ahamiyati va ularning yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘rni o‘rganilgan. Milliy qadriyatlar va madaniyatni o‘rganishda rivoyatlarning samarali metodik vosita sifatida qanday foydalanilishi ko‘rib chiqilgan. Xalq rivoyatlari, o‘zining tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati bilan talabalar ongida yurtimizning qadriyatlari, mehnatga bo‘lgan hurmat, ahloqiy mas’uliyat va insoniy munosabatlar kabi ijobiy xislatlarni shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, talabalarda milliy qadriyatlarni rivojlantirishda o‘qituvchilarning metodik yondashuvlarining ahamiyati ta’kidlangan. O‘qituvchilar rivoyatlar yordamida talabalarning fikrlash va tushunish qobiliyatlarini kengaytirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar