Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTON VA MALAYZIYA O‘RTASIDAGI SAVDO-IQTISODIY HAMDA TURISTIK ALOQALARNING RIVOJLANISH DINAMIKASI

Iqtisodiy diplomatiya, institutsional hamkorlik, ziyorat turizmi, yumshoq kuch, transchegaraviy integratsiya, investitsion muloqot, diversifikatsiya, O‘zbekiston-Malayziya strategik hamkorligi

Mualliflar

  • Ilxomjon N. AXATOV Mustaqil izlanuvchi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Surxondaryo, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda turistik aloqalarning rivojlanish dinamikasi tahlil etilgan. Tadqiqot doirasida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning institutsional-huquqiy asoslari, Hukumatlararo qo‘shma savdo qo‘mitasi va biznes platformalarining iqtisodiy integratsiyadagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, madaniy-gumanitar diplomatiya, xususan, ziyorat turizmi, “yumshoq kuch” instrumentlari va pandemiya davridagi inqirozga qarshi kurash mexanizmlarining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan.