Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA OʻZBEKISTON SSR HUDUDIDA KASALLIKLARGA QARSHI KURASHISH TAJRIBASI

Ikkinchi jahon urushi, front orti, Oʻzbekiston, evakuatsiya, sanitariya-nazorati, harbiy gospitallar.

Mualliflar

Maqolada Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekiston hududida oʻtkir yuqumli va epidemiologik kasalliklarga qarshi kurashish borasida toʻplangan tarixiy tajriba tahlil qilinadi. Urush yillarida mamlakatga millionlab aholining evakuatsiya qilinishi, frontorti gospitallarining tashkil etilishi va sanitariya-epidemiologik vaziyatning murakkablashishi sharoitida gumanitar inqirozning oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar koʻrib chiqilgan. Bundan tashqari, mazkur tahlikali va murakkab davrda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda shifoxonalarda tibbiy xizmatlar, dezinfeksiya otryadlari va bemorlar tashish uchun transport vositalarining yetishmasligi epidemiologik chora-tadbirlarning kechiktirilishiga sabab bo‘lganligi manbalar yordamida batafsil tadqiqotda tahlil qilingan.