Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DIPLOMATIK DISKURSNINING NUTQIY AKT TURLARI

Diplomatik diskurs, nutqiy aktlar, nutqiy akt nazariyasi, illokutiv akt, perlokutiv ta’sir, lokutiv akt, lingvopragmatika, diplomatik muloqot, kommunikativ strategiya, illokutiv maqsad, diplomatik bayonot, rasmiy murojaat, deklarativ akt, direktiv akt, komissiv akt, ekspressiv akt.

Mualliflar

  • Oqila BAYJANOVA Dotsent, PhD, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada diplomatik diskursda qo‘llaniladigan nutqiy akt turlari zamonaviy pragmalingvistika hamda nutqiy aktlar nazariyasi
doirasida kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi diplomatik muloqot jarayonida amalga oshiriladigan illokutiv
harakatlarning lingvopragmatik xususiyatlarini aniqlash, ularning kommunikativ maqsadi, funksional vazifasi va diplomatik
munosabatlarni shakllantirishdagi o‘rnini ilmiy asosda yoritishdan iborat. Maqolada nutqiy aktlar nazariyasining shakllanish bosqichlari,
J. Austin va J. Searle tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyalar hamda ularning diplomatik diskursga tatbiq etilishi yoritilib, diplomatik
bayonotlar, rasmiy murojaatlar, deklaratsiyalar, muzokara matnlari va xalqaro hujjatlar tarkibidagi reprezentativ, direktiv, komissiv,
ekspressiv hamda deklarativ nutqiy aktlarning pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida nutqiy aktlar tahlili, diskursiv
tahlil, lingvopragmatik yondashuv, qiyosiy-tavsifiy metod hamda kontekstual tahlil usullaridan foydalanildi